platina.uz
Jamiyat

Oʻzbekistonda kuzatilgan eng kuchli zilzilalar maʼlum boʻldi

Talafotlar esa 84 mlrd. zarar keltirgan.
Oʻzbekistonda kuzatilgan eng kuchli zilzilalar maʼlum boʻldi

Oʻzbekiston geologik joylashuvga koʻra Oʻrtayer dengizi - Osiyo seysmik kamarida joylashgan. Shu bois, respublikamiz va unga chegaradosh hududlarda tez-tez zilzilalar sodir boʻlib turadi.

Mutaxassislar maʼlumotiga koʻra, 1900 yildan shu kunga qadar mamlakatimiz hududida 60 dan ortiq kuchli zilzila sodir boʻlgan. Bu yer silkinishlarining magnitudasi 5 dan yuqori.

Soʻnggi 10 yil mobaynida esa respublikamizda jami olti marotaba 6-8 balli zilzilalar sodir boʻlgan, natijada qurbonlar soni 16 kishini, jabrlanganlar esa 54 nafarni tashkil qilgan. Talofatdan koʻrilgan zarar miqdori 84 mlrd. soʻmni tashkil etadi.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid