Cirdaryoda yetakchi mutaxassis 17 mln soʻm pora bilan qoʻlga tushdi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Xovos tuman boʻlimi tomonidan oʻtkazilgan tezkor tadbirda, Xovos tumanida qishloq xoʻjaligi boʻlimi yetakchi mutaxassisi ushlandi. Bu haqda Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar berdi.
Tuman qishloq xoʻjaligi boʻlimi yetakchi mutaxassisi B.J. fuqaro O.K.ning ishonchiga kirib, unga yuqori lavozimda ishlovchi tanishlari yordamida chorvachilik bilan shugʻullanish uchun 10 gektar zaxiradagi yer maydonini auksion orqali olib berish evaziga 17 mln soʻmni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat Kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.