Bektosh Sayipov Qashqadaryo viloyatiga prokuror boʻldi

Oʻzbekiston bosh prokurori Nigʻmatilla Yoʻldoshevning buyrugʻiga asosan adliya katta maslahatchisi Bektosh Raximovich Sayipov Qashqadaryo viloyati prokurori lavozimiga tayinlandi. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot xizmat xabar berdi.
B.Sayipov tayinlovga qadar Namangan viloyati prokurori lavozimida ishlagan.