Toshkentda issiq suv taʼminotida bir kunlik uzilishlar kuzatiladi

2023 yil 27 martdan 5 aprelga qadar issiq suv taʼminotida bir kunlik uzilishlar kuzatiladi. Bu haqda Veolia Energy Tashkent xabar bermoqda.
Sana va manzillar ushbu havola orqali keltirilgan.
«Issiqlik tarmoqlaridagi nuqsonlarni aniqlash va keyingi isitish mavsumi boshlanishidan oldin ularni bartaraf etish uchun issiqlik tarmoqlarini moʻljallangan harorat boʻyicha sinovdan oʻtkazish kerak.
Sinovlar davomida issiqlik tarmoqlari quvurlarining shikastlanishi va issiq suv yoʻllar va yoʻlaklarga chiqishi mumkin. Haydovchilar, piyodalar hamda maʼmuriy va turar-joy binolarida yashovchi fuqarolardan eʼtiborli va ehtiyot boʻlishlarini soʻraymiz.
Nosozliklar aniqlansa (78) 129-01-85 telefon raqami orqali maʼlum qilishingizni soʻraymiz», deyiladi xabarda.