Afgʻoniston va Pokistonda zilzila oqibatida 11 kishi halok boʻldi

Afgʻoniston va Pokistonda 21 mart kuni sodir boʻlgan zilzila oqibatida 11 kishi halok boʻldi. Bu haqda “TASS” xabar berdi.
Maʼlum boʻlishicha, Pokistonning Xaybar-Paxtunxva viloyatida tabiiy ofat oqibatida 9 kishi halok boʻlgan, 44 kishi jarohatlangan.
Afgʻonistonning Lagʻmon viloyatida esa ikki kishi halok boʻlgani maʼlum qilindi.
Shuningdek, Pokistonning Svat tumanidagi hududda 150 nafar aholi zilzila oqibatida jarohat olgani aytilmoqda.