platina.uz
Jahon

Afgʻonistonda Navroʻz bayramini nishonlash taqiqlandi

Avvalroq "Tolibon" hukumati ushbu bayramni nishonlashga qarshi emasligini maʼlum qilgandi.
Afgʻonistonda Navroʻz bayramini nishonlash taqiqlandi

“Tolibon”ning ezgulikni targʻib qilish va illatlarning oldini olish boʻlimi Navroʻz bayramini Sevishganlar kuni bilan tenglashtirdi. Bu haqda Sputnik Afgʻoniston xabar berdi.

Qayd etilishicha, Daykundi viloyati Kiti tumanida axloq politsiyasi shunday eʼlon chiqargan. Unda Navroʻz bayrami Sevishganlar kuniga tenglashtiriladi.

Maʼlum boʻlishicha, “Tolibon” musulmonlarda faqat ikkita bayram: Roʻza hayiti (Iyd al-Fitr) va Qurbon hayiti (Iyd al-Adha) borligini taʼkidlagan. Shu bilan birga, “Tolibon” xabarida Navroʻz islomgacha boʻlgan jaholatdan kelib chiqqanligi aytiladi.

“Kofirlarning bayramini nishonlaganlar, ulardan biri boʻladi. Shuning uchun Kiti viloyatida Navroʻz bayramini nishonlaganlar shariat boʻyicha javobgarlikka tortiladi”, — deydi “Tolibon”ning axloq politsiyasi.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid