platina.uz
Jamiyat

Qariyb 6 mlrd soʻmlik davlat xaridlari shubha uygʻotgan

Qariyb 6 mlrd soʻmlik davlat xaridlari shubha uygʻotgan
Korrupsiyaga qarshi kurash agentligida qayd etilishicha, vazirlik va idoralar tomonidan 2023 yilning yanvar oyida jami 3,05 trln soʻmlik 77 007 ta davlat xaridlari amalga oshirilgan. Bu xaridlarning eng koʻpi hech qanday auksion va tanlovlarsiz yaʼni yagona yetkazib beruvchilar va toʻgʻridan-toʻgʻri amalga oshirilgan xaridlar hissasiga toʻgʻri keladi. Xususan,  1,86 trln. soʻmlik 27 367 ta xaridlar yagona yetkazib beruvchilar bilan, 857,57 mlrd. soʻmlik 27 013 ta xaridlar toʻgʻridan-toʻgʻri shaklda amalga oshirilgan. Shuningdek, 169,8 mlrd soʻmlik 20 969 ta xaridlar elektron doʻkon, 8,41 mlrd soʻmlik 725 ta xaridlar elektron auksion, 126,5 mlrd. soʻmlik 932 ta xaridlar eng yaxshi taklifni tanlash, 26,38 mlrd. soʻmlik 1 ta xarid tender orqali boʻlgan. Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi oʻrganishlarida ayrim davlat buyurtmachilari tomonidan davlat xaridlarini amalga oshirishda qonunbuzilish holatlariga yoʻl qoʻyganini ham aniqlagan. Jumladan,  2023 yilning yanvar oyida jami 5,4 mlrd. soʻmlik qonunbuzilish holatlarini bartaraf qilish hamda kelgusida shu kabi holatlariga yoʻl qoʻymaslik haqida buyurtmachilarga 12 ta taqdimnoma shuningdek, aniqlangan holatlarga huquqiy baho berishlik uchun toʻplangan hujjatlarga huquqni muhofaza qiluvchi organlarga yuborilgan. Shuningdek, Respublika ixtisoslashtirilgan kardiologiyailmiy-amaliy tibbiyot markazi Samarqand viloyati mintaqaviy filiali buyurtmachiligida maxsus axborot portaliga joylashtirilgan 625 mln soʻmlik «Ultratovush tibbiy apparati» xarid qilish boʻyicha eng yaxshi takliflarni tanlash yuzasidan berilgan eʼlon oʻrganilganida, mazkur davlat xaridida oʻzaro affillangan shaxslarga tegishli tadbirkorlik subʼektlari ishtirok etib, gʻoliblikni qoʻlga kiritgan. Shu kabi, Yoshlar ishlari agentligi Nurobod tumani boʻlimi buyurtmachiligida maxsus axborot portaliga joylashtirilgan 950 mln soʻmlik «Zamonaviy avtobus» xarid qilish boʻyicha eng yaxshi takliflarni tanlash yuzasidan berilgan eʼlon oʻrganilganida mazkur davlat xaridida oʻzaro  affillangan shaxslarga tegishli tadbirkorlik subʼektlari ishtirok etib, gʻoliblikni qoʻlga kiritgan. Shuningdek, Mirzachoʻl tuman tibbiyot birlashmasi buyurtmachiligida maxsus axborot portaliga joylashtirilgan 150 mln soʻmlik «Oziq-ovqat yetkazib berish boʻyicha autsorsing xizmati koʻrsatish» yuzasidan berilgan eʼlon oʻrganilganida mazkur davlat xaridida oʻzaro affillangan shaxslarga tegishli tadbirkorlik subʼektlari ishtirok etib, gʻoliblikni qoʻlga kiritganligi aniqlangan. Mazkur holatlarda xarid komissiyasi tomonidan oʻzaro affillangan shaxslar xarid qilish tartib-taomillarida ishtirok etishdan chetlatilmasdan Oʻzbekiston Respublikasi «Davlat xaridlari toʻgʻrisida»gi qonunining 23-moddasi va «Raqobat toʻgʻrisida»gi qonunining 14-moddasi talablari buzilgan. Agentlik tomonidan kiritilgan taqdimnoma va soʻrovnomalar natijasida 9 ta davlat xaridi bekor qilingan hamda 3 ta maʼmuriy ish qoʻzgʻatilgan.
© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid