Toʻra Bobolovning deputatlik vakolati tugatildi

Tanqidlar bilan ishdan olingan Bobolov yaqinda Savdo-sanoat palatasi raisining birinchi oʻrinbosari sifatida ishlayotgani oshkor boʻlib qolgandi. Ammo bu haqda hech qayerda rasman maʼlum qilinmagan. Palata saytining rahbariyat boʻlimida ham uning ismi yoʻq koʻrsatilmagan.
Shuningdek, Surxondaryo viloyati kasaba uyushmalari tashkilotlari birlashmasi raisi Abdukarim Ahmedovning ham deputatlik vakolati muddatidan oldin tugatildi.
Bobolov 2022 yil dekabrda lavozimidan olingan edi. Avvalroq prezident Shavkat Mirziyoyev yigʻilishlardan birida Surxondaryodagi 29 ta maktab taʼmirlanmasdan qolgani uchun uni tanqid qilgan va ishdan olish haqida ogohlantirgandi.