Haydovchilik guvohnomasini imtihonga kirmasdan ham olsa boʻladimi?

Sirdaryo, Xorazm va Samarqandda haydovchilik guvohnomasini olish uchun imtihondan oʻtkazib qoʻyishni vaʼda qilganlar ushlandi. Ular orasida hatto imtihonga kirmasdan ham haydovchilik guvohnomasini olib berishni vaʼda qilganlar bor.
Jamiyat
17-mart 2023 yil
Haydovchilik guvohnomasini imtihonga kirmasdan ham olsa boʻladimi?

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Sirdaryo viloyat boshqarmasi tomonidan oʻtkazilgan tezkor tadbirda, fuqaro E.A. fuqaro Z.K.ning ishonchiga kirib, unga tanishlari yordamida haydovchilik guvohnomasini olish uchun boʻlib oʻtadigan imtihondan oʻtkazib qoʻyish evaziga 900 AQSh dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Shu kabi, Departamentning Yangiariq tuman boʻlimi tomonidan IIB xodimlari bilan hamkorlikda oʻtkazilgan tezkor tadbirda, fuqaro A.Oʻ. fuqaro M.B.ni goʻyoki viloyat IIBda ishlovchi tanishlari yordamida haydovchilik guvohnomasini olish uchun boʻlib oʻtadigan imtihondan oʻtkazib qoʻyish evaziga 500 AQSh dollari va 1,1 mln soʻmni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Departamentning Payariq tuman boʻlimi tomonidan IIB xodimlari bilan hamkorlikda oʻtkazilgan tezkor tadbirda esa, fuqaro R.R. boshqa bir fuqaro E.E.ga 500 AQSh dollari evaziga tanishlari yordamida oʻquv mashgʻulotlari va imtihonlarga qatnashmasdan haydovchilik guvohnomasi olib berishini aytib, oldindan 300 AQSh dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishlari qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.

© 2024 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+