Toshkentda bir erkak oʻzini 7-qavatdan tashlab yuborgani aytilmoqda

Ijtimoiy tarmoqda Mirobod tumanida bir erkak oʻzini 7-qavatdan tashlagani yoki tushib ketgani haqida xabarlar tarqaldi.
Bosh prokurorining matbuot kotibi Xayot Shamsuddinov holat boʻyicha Platina.uz'ga rasmiy maʼlumot berdi.
Bu holat boʻyicha Bosh prokuratura tomonidan Mirobod tumanida bir erkak koʻp qavatli binodan tushib ketganligi bilan bogʻliq xabar oʻrganilmoqda.
"Natijalari haqida batafsil maʼlumot berilishi taʼminlanadi", - deyiladi xabarda.




