platina.uz

Abdulla Qodiriy nomidagi bogʻni Ortiqxoʻjayevga aloqador kompaniya rekonstruksiya qiladi

Abdulla Qodiriy nomidagi madaniyat va istirohat bogʻini rekonstruksiya qilish uchun Toshkent shahar hokimligi huzuridagi direksiya oʻtkazgan tenderni Discover Invest MChJ qoʻlga kiritdi. Kompaniya qariyb 33 mlrd soʻmga bogʻni rekonstruksiya qiladi.
Davlat xaridlari
13-mart 2023 yil
Abdulla Qodiriy nomidagi bogʻni Ortiqxoʻjayevga aloqador kompaniya rekonstruksiya qiladi

Toshkent shahar hokimligi huzuridagi Olmazor Business City yangi tadbirkorlik markazini qurish va ekspluatsiya qilish direksiyasi 21 fevral kuni Abdulla Qodiriy nomidagi madaniyat va istirohat bogʻini rekonstruksiya qilish uchun 34 mlrd 88 mln soʻmlik tender eʼlon qilgan.

Mazkur tenderni qariyb 33 mlrd soʻmlik taklif bilan Discover Invest MChJ qoʻlga kiritgan. 2023 yil 13 mart kuni eʼlon qilingan tender bayonida rekonstruksiya ishlarini 270 kun muddatda tugatish belgilangan.

Maʼlumot uchun, Discover Invest MChJ Toshkent shahrining sobiq hokimi Jahongir Ortiqxoʻjayevga aloqador kompaniya sifatida koʻriladi. Davlat reyestriga koʻra, kompaniyaning 56,9 foiz ulushiga Israilov Ismail Irkinovich, 34,1 foiz ulushiga esa Zaxidov Abdurasul Abdusattorovich egalik qiladi.

Discover Invest MChJ bugungacha ham bir qator davlat buyurtmalarini qoʻlga kiritib kelgani hech kimga sir emas. Xususan:

  • Toshkentning Shayxontohur tumanidan oqib oʻtuvchi Jangoh, Chuqurkoʻprik va Zaxariq kollektorlari yopiq holatga olinib, kollektorlar usti va unga tutash hududda avtomobil yoʻli, yashil maydonlar, piyodalar va velosiped yoʻlaklari qurish boʻyicha oʻtkazilgan terderni (307,8 mlrd) qoʻlga kiritgan.
  • Nukus shahridagi Doʻstlik kanali boʻyida istirohat bogʻi, bolalar oʻyingohi, “Workout” maydonchasi qurish ishlarini hech qanday tendersiz (34,2 mlrd soʻm) ushbu kompaniyaga berilgan.
  • Toshkent shahar hokimligi huzuridagi “Raqamli Toshkent vaziyatlar markazi”ni qurish ishlari ham hech qanday tendersiz, hukumat farmoyishi bilan, istisno tariqasida, Discover Invest’ga topshirilgan.
© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+