Rossiyada ishlayotgan oʻzbekistonliklarga katta pul evaziga shubhali kurerlik xizmatlari taklif etilmoqda

Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi oʻzbekistonliklarni ogohlikka chaqirdi.
Jamiyat
12-mart 2023 yil
Rossiyada ishlayotgan oʻzbekistonliklarga katta pul evaziga shubhali kurerlik xizmatlari taklif etilmoqda

Migratsiya agentligi Rossiyada ishlayotgan oʻzbekistonliklarni internet orqali katta pul evaziga mahsulotlarni bir manzildan ikkinchi manzilga yetkazib berish haqidagi eʼlonlar yuzasidan ogohlikka chaqirdi.

«Murojaatlardan maʼlum boʻlmoqdaki, norasmiy kurerlik xizmatlarida narkotik yoki taqiqlangan moddalar solingan buyurtmalarni yetkazib berish (zaklad) taklif qilinmoqda va buning oqibatida politsiya xodimlari tomonidan ular ushlanib, jinoiy javobgarlikka tortilmoqda.

Shu munosabat bilan, yurtdoshlarimizdan norasmiy kurerlik xizmatlarida ishlamaslikni, katta miqdordagi pul evaziga shubhali buyumlarni bir manzildan ikkinchi manzilga yetkazib bermaslikni yoki mahsulotni albatta tekshirishni soʻraymiz», deyilgan agentlik xabarida.

Eslatib oʻtamiz, Rossiya qonunchiligiga koʻra, narkotik moddalarni sotish yoki yetkazib berish uchun uzoq muddatli qamoq jazosi belgilangan.

 

© 2024 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+