platina.uz
Jamiyat

Samarqandda talaba qiz joniga qasd qildi

18 yoshli talaba Samarqand tumanini bogʻlab turuvchi Qoradaryo koʻprigidan oʻzini suvga tashlagani aytilmoqda.
Samarqandda talaba qiz joniga qasd qildi

Ijtimoiy tarmoqlarda Samarqand viloyati Oqdaryo tumanidagi koʻprikdan bir qiz oʻzini suvga tashlagani haqida xabarlar tarqalgan.

Bosh prokuratura matbuot kotibi Xayot Shamsutdinovning Platina.uz'ga xabar berishicha, joriy yilning 10 mart kuni soat 21:25 larda Oqdaryo tumani "Oʻzbekiston" mahallasida yashagan 18 yoshli qiz D.O. (oliy taʼlim muassasasi talabasi) Oqdaryo tumani va Samarqand tumanini bogʻlab turuvchi Qoradaryo koʻprigidan oʻzini suvga tashlab joniga qasd qilgan.

Marhumaning oʻlim sababini aniqlash uchun sudga oid tibbiy ekspertiza tayinlangan.

Mazkur holat yuzasidan Oqdaryo tumani prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari oʻtkazilmokda.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid