platina.uz
Davlat xaridlari

Kattaqoʻrgʻon shahar hokimligidagi “tanish-bilish”chilik fosh etildi

Kattaqoʻrgʻon shahar hokimligi buyurtmachiligida oʻtkazilgan 200 mln soʻmlik davlat xaridida ishtirok etgan 3 ta talabgorlardan 2 tasi bir shaxsga tegishli ekanligi, yaʼni oʻzaro affillanganligi holatlari aniqlangan.
Kattaqoʻrgʻon shahar hokimligidagi “tanish-bilish”chilik fosh etildi

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi tomonidan olib borilgan monitoring natijasida Kattaqoʻrgʻon shahar hokimligi buyurtmachiligida ayollar daftarida turgan fuqarolarga tikuv mashinalari xarid qilish yuzasidan 2023 yil 13 fevral kuni oʻtkazilgan 200 mln soʻmlik davlat xaridida bir qator qonunbuzilish holatlari aniqlandi.

Xususan, monitoring natijalari davlat xaridida ishtirok etgan 3 ta talabgorlardan 2 tasi bir shaxsga tegishli ekanligi, yaʼni oʻzaro affillanganligi holatlari mavjudligini koʻrsatdi.

Shuningdek, ushbu xaridda ishtirok etgan 3 ta tadbirkorning hujjatlari ham maxsus elektron platformaga buyurtmachiga tegishli kompyuterdan foydalanilgan holda yuklanganligi maʼlum boʻldi.

Mazkur holatlar boʻyicha xarid komissiyasining bayonnomasini bekor qilish toʻgʻrisida buyurtmachiga taqdimnoma kiritildi va chora koʻrish uchun toʻplangan hujjatlar Bosh prokuraturaga yuborildi, holat yuzasidan xizmat tekshiruvi oʻtkazish uchun Samarqand viloyat hokimligiga soʻrovnoma kiritildi.

Viloyat hokimligi tomonidan 2023 yil 27 fevral kuni Agentlikka taqdim etilgan xatga koʻra, Agentlikning taqdimnomasida qayd etilgan kamchiliklar bartaraf etilib, xarid komissiyasining bayonnomasi bekor qilingan hamda oʻz xizmat vazifalarini lozim darajada bajarmagan xarid komissiyasining raisiga nisabatan maʼmuriy, bir nafar komissiya aʼzosiga esa intizomiy javobgarlik qoʻllanilgan.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid