platina.uz
Jamiyat

Toshkent shahrida bosh reja boʻlmaguncha, yangi qurilishlarga moratoriy eʼlon qilinadi — Shavkat Mirziyoyev

Toshkent shahrida bosh reja boʻlmaguncha, yangi qurilishlarga moratoriy eʼlon qilinadi — Shavkat Mirziyoyev
Prezident Shavkat Mirziyoyev poytaxt jamoatchilik vakillari va mutasaddilar ishtirokida yigʻilishda qurilishga ruxsat berilganda, mavjud infratuzilmaga yuklama boʻyicha aniq hisob-kitob qilinmayotgani, yashil maydonlar tashkil qilish ishlari qurilishlar bilan hamohang olib borilmayotganini tanqid qildi. Shu bois, shaharning bosh rejasi tasdiqlanmaguncha yangi qurilishlarga moratoriy eʼlon qilinishi taʼkidlandi. 2023 yilda Toshkent shahrining yashillik darajasini 28 foizga yetkazish vazifasi qoʻyildi. Shu maqsadda 100 gektar maydonda yangi bogʻ tashkil qilinadi. “Toshkent yashil belbogʻi” loyihasi boshlanib, bahor mavsumida 525 ming tup daraxt va butalar, 20 million tup gul koʻchatlari ekiladi. Eslatib oʻtamiz: joriy yil boshida Prezident Shavkat Mirziyoyev poytaxtning Bosh rejasi haligacha tasdiqlanmagani natijasida ruxsatsiz qurilgan obʼektlar soni 250 dan oshib ketgani, qurilishga ruxsat berilganda, mavjud infratuzilmaga yuklama boʻyicha aniq hisob-kitob qilinmayotgani, bozorlarda oziq-ovqat muzlab qolmasligi uchun, narx-navo oshib ketmasligi uchun chora koʻrilmayotgani uchun poytaxt mutasaddilariga qatʼiy eʼtiroz bildirgan. Shu bois, vaziyatga oldindan baho berib, qish mavsumiga lozim darajada tayyorgarlik koʻrmagani uchun Toshkent shahar hokimi J.Ortiqxoʻjayevni lavozimidan ozod etgandi.

Tavsiya etamiz

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid