platina.uz
Jamiyat

Hisoblagich qiyoslashdan oʻtkazilmagani uchun fuqarolar aybdor boʻlmaydi – Davlat dasturi loyihasi

Hisoblagich qiyoslashdan oʻtkazilmagani uchun fuqarolar aybdor boʻlmaydi – Davlat dasturi loyihasi
Avval xabar qilganimizdek, “2022–2026 yillarga moʻljallangan Yangi Oʻzbekistonning taraqqiyot strategiyasini “Insonga eʼtibor va sifatli taʼlim yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturi toʻgʻrisida”gi Prezident farmoni loyihasi jamoatchilik muhokamasiga qoʻyildi.
Loyihada aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlari (nogironligi boʻlgan shaxslar, ogʻir bemorlar, keksalar va boshqalar)ga migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish sohasidagi davlat xizmatlarini doimiy yashash yoki vaqtincha turgan joyiga chiqish orqali, koʻrsatilgan xizmat uchun qoʻshimcha toʻlov undirilmagan holda koʻrsatilishi belgilangan. Shuningdek, elektr, gaz va suv sarfi hisoblagichlarini qiyoslashdan oʻtkazish boʻyicha davlat xizmatlarini proaktiv tarzda, yaʼni xizmat koʻrsatuvchi tashkiloti  fuqaro murojaatini kutmasdan oʻz tashabbusi bilan koʻrsatishi kutilyapti.
Eslatib oʻtamiz: Farmon loyihasi muhokamasi 2023 yilning 6 fevralida boshlandi va 17 fevralgacha davom etadi. Takliflaringiz boʻlsa, muhokamada ishtirok eting!

Tavsiya etamiz

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid