Turkiya zaytun sanoati YuNESKO roʻyxatiga kirdi

YuNESKO nomoddiy madaniy meroslari roʻyxatida mamlakat ikkinchi oʻringa koʻtarildi. 

Jamiyat
6-dekabr 2023 yil
Turkiya zaytun sanoati YuNESKO roʻyxatiga kirdi

Turkiya Madaniyat va turizm vaziri Mehmet Nuri Ersoy Turkiyaning anʼanaviy zaytun yetishtirish sanoati YuNESKO roʻyxatiga kiritilganini maʼlum qildi.

Mehmet Nuri Ersoy ijtimoiy media hisobi orqali tarqatgan xabarida, Afrikaning Kasane shahrida boʻlib oʻtgan YuNESKO Hukumatlararo Nomoddiy madaniy merosni muhofaza qilish qoʻmitasi yigʻilishida Turkiyaning 5 madaniy unsuri muhokama qilinganini bildirdi.

Tabiiy va madaniy qadriyatlarni himoya qilishda yana bir muhim muvaffaqiyatni qoʻlga kiritganliklarini ifoda etgan Ersoy, “Turkiyaning anʼanaviy zaytun yetishtirish sanoati “YuNESKOning zudlik bilan qoʻriqlanishi kerak boʻlgan Nomoddiy madaniy meros roʻyxati”ga roʻyxatiga kiritildi. Yangilari esa yoʻlda” deya fikr bildirdi.

Kesaneda boʻlib oʻtgan yigʻilishda Turkiyaning yana 4 ta madaniy boyligi muhokama qilingani haqida maʼlumot bergan Ersoy, YuNESKO nomoddiy madaniy meros roʻyxatida eng koʻp madaniy boyliklarni qayd ettirgan davlatlar roʻyxatida Turkiya ikkinchi oʻringa koʻtarilishini bildirdi.

Vazir Ersoy, yigʻilishda muhokama qilinadigan 4 ta elementning kiritilishi ortidan Turkiya roʻyxatidagi nomoddiy madaniy meroslar soni 30 taga yetishini taʼkidladi.

Shunday qilib, asrlar davomida avloddan-avlodga oʻtib kelayotgan daraxtni toʻgʻri tekislash usullari, zaytun yigʻish va moyini siqib olish qoidalari kabi zaytun yetishtirish bilan bogʻliq baʼzi anʼanaviy bilim, koʻnikma va malakalarni tashxis etish zaruriyati toʻgʻrisida fikr yuritildi hamda tavsiyalar berildi.

Madaniyat va turizm vazirligi tadqiqot va taʼlim bosh boshqarmasi tomonidan hozirgacha YuNESKOning nomoddiy madaniy merosida roʻyxatga olingan elementlar quyidagilardan iborat:

 “Mavlaviy samo marosimi”, “Oshiqlik anʼanasi”, “Navroʻz (koʻp millatli)”, «Karagoʻz», “Anʼanaviy davra suhbatlari”, “Qirqpinar yogʻli kurash marosimi”, “Alevi-Bektoshiy marosimi: Semah”, “Tantanali Keshkegʻi anʼanasi”, “Turk qahva madaniyati va anʼanasi”, “Ebru: turk qogʻozini naqshlar bilan bezash sanʼati”, “Anʼanaviy chinnichilik mahorati”, “Yupqa non tayyorlash va baham koʻrish madaniyati (koʻp millatli)”, “Bahor bayrami: Hidrellez”, “Hushtak tili”, “Dada Qoʻrqut merosi: dostonchilik madaniyati, xalq ertaklari va musiqasi”, “Anʼanaviy kamondan otish”, “Anʼanaviy aql va strategiya oʻyini: Mangala”, “Miniatyura sanʼati”, «Xattotlik», “Turkiya islom sanʼatida anʼanaviy goʻzal yozuv”, “Nasriddin Xoʻja latifalarini aytish anʼanasi (askiyachilik)”, “Choy madaniyati: oʻzlik, mehmondoʻstlik va ijtimoiy hamkorlik ramzi (koʻp millatli)”, “Ipakchilik va toʻquvchilik” hamda “Anʼanaviy toshga ishlov berish sanʼati (tosh oʻymakorligi)” va boshqalar.

© 2024 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+