Farhod Abdullayev oilasida judolik sodir boʻldi

Bu haqda Kinematografiya agentligi xabar berdi. 

Madaniyat
6-dekabr 2023 yil
Farhod Abdullayev oilasida judolik sodir boʻldi

Aktyor Farhod Abdullayevning onasi vafot etdi. Bu haqda Kinematografiya agentligi xabar berdi. 

"Kinematografiya agentligi Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan artist, kino va teatr aktyori Farhod Abdullayevga volidai muhtaramalarining vafoti munosabati bilan chuqur hamdardlik izhor qiladi" deyiladi xabarda.

Farhod Abdullayev 1957 yil 1 oktabrda Qashqadaryo viloyatida tavallud topgan.Koʻp yillardan buyon Oʻzbek milliy akademik drama teatrida faoliyat yuritadi.

Aktyor ijodi davomida “Olovli yoʻllar”, “Bomba”, “Koʻngil koʻchalari”, “Oʻrtok Boykenjayev”, “Sevinch”, “Chashma”, “Jannat kaydadir”, “Afgʻon”, “Zarb”, “Berlin-Oqqoʻrgʻon”, “Yerkak” kabi filmlarda va koʻplab spektakllarda suratga tushgan.

© 2024 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+