Sirdaryoda jamoat transporti narxi ikki barobarga oshdi
Qaror 4 dekabrdan kuchga kirdi.
Guliston, Shirin va Yangiyer shaharlarida jamoat transporti narxi oʻzgaradi va yangi, ragʻbatlantiruvchi va qoʻshimcha tariflar joriy etiladi. Jumladan, Gulistonda narxlar avvalgi 1000 soʻmdan 2000 soʻmgacha koʻtarildi.
Viloyati hokimi qaroriga koʻra narxlar quyidagicha:
— bir yoʻlovchi uchun naqd pul yoki bank kartalari orqali toʻlov qilingan 2000 soʻm;
— ATTO kartalaridan toʻlov qilinganda bir martalik ragʻbatlantiruvchi narx — 1500 soʻm;
— bir yoʻlovchining bagajini tashish narxi 2000 soʻm;
— qatnovlar soniga bogʻliq holda belgilangan tarif rejalarini hisoblash uchun cheklangan tarif 1500 soʻm.
Shahar atrofida bir yoʻlovchi kilometr uchun tavsiyaviy narx:
— avtobuslarda 150 soʻm;
— yoʻnalishli taksilarda 200 soʻm etib belgilandi.
Ushbu qaror eʼlon qilingan sana (2023 yil 4 dekabr)dan kuchga kirdi.