Oliy sud mansabdori katta pora bilan ushlandi
U Davlat xavfsizlik xizmati xodimlari tomonidan oʻtkazilgan tezkor tadbirda qoʻlga tushgan.
Jamiyat
5-dekabr 2023 yil

Davlat xavfsizlik xizmati xodimlari Oliy sudning jinoiy ishlar boʻyicha sudlov hayʼati katta konsultantini bir fuqarodan 10 ming dollar olgan vaqtida ushlagan.
Aniqlanishicha, u muqaddam sudlangan 2 shaxsga nisbatan Oliy sudning sudlov hayʼatida kassatsiya tartibida koʻrilayotgan jinoyat ishini Fargʻona viloyati sudiga oʻtkazgan holda ularni oqlashga vaʼda bergan.