Konstitutsiya kunida qoʻshimcha dam olish berilmaydi
Konstitutsiya qabul qilingan sana – 8 dekabr juma kuniga toʻgʻri kelyapti.
Jamiyat
5-dekabr 2023 yil

Konstitutsiya qabul qilingan sana – 8 dekabr sanasi juma kuniga toʻgʻri kelgani bois qoʻshimcha dam olish berilmaydi.
Shunda haftasiga 5 kun ishlaydigan oʻzbekistonliklar ketma-ket 3 kun dam olishadi: juma, shanba va yakshanba. 6 kun ishlaydiganlar esa shanba kuni ishga chiqishadi.
Eslatib oʻtamiz, bu yil oʻzbekistonliklar Ramazon hayiti munosabati bilan ketma-ket 4 kun, Qurbon hayitida esa ketma-ket 5 kun dam olishgandi.