Vitaliy Klichko prezident Zelenskiyni jiddiy tanqid qildi
Shuningdek, u urush boshi berk koʻchaga kirganini aytgan general Zalujniyni qoʻllab-quvvatladi.

Kiyev meri Vitaliy Klichko Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiyni jiddiy tanqid qilib chiqdi.
Klichko Qurolli kuchlar qoʻmondoni Zalujniy reytingining oshishi va Vladimir Zelenskiy mashhurligining pasayishi haqida gapirib oʻtgan va bu ajablanarli hol emasligini aytgan. Odamlar “kim samarali va kim samarali emasligini” koʻrdi”, deydi sobiq sportchi Shveysariyaning 20Min nashriga bergan intervyusida.
Uning soʻzlariga koʻra, ukrainaliklarni endilikdan nega mamlakat mojaroga yaxshi tayyorlanmagani, nega Zelenskiy soʻnggi kungacha keng koʻlamli janglar boʻlishi mumkinligini inkor etgani, shuningdek, Rossiya qoʻshinlari Kiyevga bunchalik tez yaqinlasha olgani qiziqtirmoqda.
Shunday boʻlsada, Klichko Zelenskiy hozirda muhim vazifada ekanligini va ukrainaliklar uni tinchlik oʻrnatilmaguncha qoʻllab-quvvatlashlari kerakligini taʼkidladi.
Klichko urush boshi berk koʻchaga kirib qolganini aytgan Ukraina Qurolli kuchlari bosh qoʻmondoni Valeriy Zalujniyni qoʻllab-quvvatlashini bildirdi. Kiyev meriga koʻra, general haqiqatni aytgan, ammo odamlar buni eshitishni istamayapti.
“Albatta, biz eyforiya ichidamiz va hamkorlarimizga yolgʻon gapirishimiz mumkin. Ammo siz buni abadiy qila olmaysiz. Ayrim siyosatchilarimiz Zalujniyni aniq soʻzlari uchun tanqid qilishdi, bu nohaqlik”, — dedi Klichko.