platina.uz

Oʻzbekistonda ob-havo keskin sovib ketishi mumkin

11-12 dekabrda respublika hududiga juda sovuq havo massasi kirib kelishi kutilmoqda.

Jamiyat
4-dekabr 2023 yil
Oʻzbekistonda ob-havo keskin sovib ketishi mumkin

Dekabr oyining ikkinchi oʻn kunligida Oʻzbekiston hududida juda sovuq ob-havo kuzatilishi mumkin.

Jahon prognoz markazlarining dastlabki hisob-kitoblariga koʻra, Ural va Gʻarbiy Qozogʻiston orqali Rossiyaning shimoliy Yevropa hududlaridan 9-10-dekabr kunlari Oʻzbekistonning shimoliy hududlariga, 11-12-dekabrda esa butun respublika hududiga juda sovuq havo massasi kirib kelishi kutilmoqda.

10-11-dekabr kunlari respublika boʻylab yogʻingarchilik boʻladi (yomgʻir, qorga aylanishi mumkin).

Havoning harorati asta-sekin pasayadi va 11-12-dekabrda kechasi 7-10 daraja sovuqgacha, kunduzi 0-3 darajagacha pasayadi, shimolda kechasi 12-17 daraja sovuq, kunduzi 5-10 daraja sovuq boʻlishi kutilmoqda.

Toshkentda: 10-11 dekabrda, vaqti-vaqti bilan yogʻingarchilik (yomgʻir, qorga aylanishi mumkin). 11-12-dekabrda havo harorati kechasi 7-10 daraja sovuq, kunduzi 0-3 daraja sovuqgacha pasayadi.

9-12-dekabr kunlari uchun ob-havo maʼlumoti maslahatomuz hisoblanadi. Yanada aniq maʼlumot tez kunda eʼlon qilinishi aytilgan.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+