Surxondaryoda chiqindi olib ketish narxlari oʻzgaradi
Viloyatda chiqindi olib ketish narxlari soʻnggi bor 2021 yilda oshgandi.
Xalq deputatlari Surxondaryo viloyati kengashi qarori bilan chiqindi toʻplash va olib chiqib ketishning yangi narxlari tasdiqlandi.
Unga koʻra, toʻlov tariflari quyidagi miqdorda boʻladi:
- qattiq maishiy chiqindi aholi uchun bir kishiga — 4500 soʻm;
- yuridik shaxslar uchun bir metr kvadratga 70 ming soʻm;
- suyuq maishiy chiqindilarni olib ketish bir metr kvadrat uchun 70 ming soʻm etib belgilandi.
Surxondaryoning barcha 15 hududida bir xil narxlar amal qiladi.
Viloyatda chiqindi olib ketish narxlari soʻnggi bor 2021 yilda oshgandi.
Eslatib oʻtamiz, avvalroq Toshkentda aholi va tashkilotlar uchun chiqindi toʻplash va olib chiqib ketish xizmati narxi 1,5−1,6 baravarga — uyda yashovchi har bir kishi uchun oyiga 4500 soʻmdan 7500 soʻmga, byudjet va xoʻjalik hisobidagi tashkilotlar uchun 53 986 soʻmdan 89 966 soʻmgacha oshgandi.