Kabisa yili kirib kelmoqda
Shuningdek, dunyo aholisi 8 milliard kishiga yaqinlashdi.

Kelayotgan 2024 yil kabisa yili boʻladi. Kabisa yili - quyosh taqvimi bӯyicha qoʻshimcha 29 fevral kunini oʻz ichiga olgan yildir.
Kabisa har toʻrt yilda bir marta keladi. Shu bois 29 fevralda tugʻilganlar faqat kabisa yilida - har tӯrt yilda bir marta milod kunlarini nishonlashadi.
2024 yilning yana bir diqqatga sazovor jihati - shu yilning birinchi yanvarida Yer sayyorasi aholisi 8 milliarddan oshadi.
Aholini roʻyxatga olish byurosi maʼlumotlariga koʻra, soʻnggi bir yil ichida dunyo aholisi 75 millionga oʻsdi va kelayotgan 1 yanvar kuni 8 milliarddan oshadi.
Maʼlumki, 2011 yilda jahon aholisi 7 milliardlik chegaradan ӯtgan edi. Navbatdagi milliard uchun 12 yil kerak bӯldi xolos. 1960 yilda Yer aholisi 3 milliard,1974 yilda esa 4 milliardni tashkil qilgan.