Hokim yordamchisi pora bilan ushlandi
Avvalroq sobiq hokim qoʻlga olingandi.

DXX yer sotishga aralashgan hokim yordamchisini qoʻlga oldi.
Maʼlum boʻlishicha, Toshkent shahrining Yunusobod tumanida yashovchi, 1977 y.t., muqaddam sudlangan shaxs Toshkent viloyatining Ohangaron tumani “Ilgʻor” MFY hududida joylashgan va davlat zaxirasida boʻlgan 10 gektar yer maydonini “Oʻzbekiston - 2030” strategiyasining 67-bandining ijrosi doirasida 10 yil muddatga ijaraga olib berish evaziga tadbirkordan 80 ming AQSh dollari olgan vaqtida ushlandi.
Tergovga qadar tekshiruv davomida, u mazkur pul mablagʻidan 15 ming AQSh dollarini Ohangaron tumani “Ilgʻor” mahalla fuqarolar yigʻinidagi hokim yordamchisiga berishi kerakligi aniqlanib, ushbu mansabdor shaxs ham soʻralgan pulni olgan vaqtida ushlandi, deyiladi xabarda.
Avvalroq Oqdaryo tumanining sobiq hokimi 200 ming dollar pora bilan ushlangandi.