platina.uz
Iqtisod

Andijonda 152 mingdan ortiq kambagʻal oila bor — hokim

Shuhrat Abdurahmonov viloyatdagi vaziyat yuzasidan hisobot bergan.

Andijonda 152 mingdan ortiq kambagʻal oila bor — hokim

Andijon viloyatida 152 mingdan oshiq kambagʻal oila borligi maʼlum qilindi. Bu haqda viloyat hokimi Shuhrat Abdurahmonovning 2023 yil 11 oyidagi ishlar yuzasidan hisobotida aytiladi.

2022 yil oxiriga koʻra, viloyatda kambagʻallik darajasi 17,5 foiz boʻlib, 2023 yil oxirida bu koʻrsatkich 15,6 foizni tashkil etilishi kutilmoqda, deyiladi hujjatda.

Shuningdek, 5 ming 434 ishsiz aholiga 36,5 mlrd. soʻm subsidiya berilgan.

Berilgan rasmiy maʼlumotga koʻra, joriy yil 16 ming 183 oila kambagʻallikdan chiqarilgan.

Hokim hisobotiga koʻra, ishsizlik 9,1 foizdan 8,5 foizga tushirildi.

Telegramda kuzatib boring!

Tavsiya etamiz

© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid