platina.uz
Jamiyat

2023 yil trendlari va "qovunlari"

Platina.uz yil davomida ommalashgan videolarni saralab chiqdi.

Har davrning maxsus iboralari, oʻziga xos jumlalari bor. Zamon rivoji bilan bugun koʻp maʼlumotlar haqida internet, ijtimoiy tarmoqlar orqali xabardor boʻlyapmiz. Aytaylik, kim qayerda yuribdi, bugun qaysi soʻz trendda, kim nima deb qovun tushirdi?

Avval trendlar manbai kino yoki kitoblar boʻlgan, bugun bu vazifani Instagram yoki Tiktok bajarmoqda. Trendlar shu darajada ommalashdiki, ular “Choy, choy, namuncha koʻp choy ichishadi bular?!”, “Margʻilonda shunday kelinimiz bor ekan-u, bilmagan ekanmiz”, “Xoʻsh, innankeyin-chi...” kabi iboralardek soʻzlashuvga ham kirib kelmoqda.

Yoki amaldorlarimiz baʼzan vaziyatdan chiqish uchun, baʼzan oʻylab-oʻylamay notoʻgʻri yoki aqlbovar qilmas gaplarni aytishadi. Bu esa tabiiyki, aholining eʼtiborini jalb qilib, ensasining qotishiga sabab boʻladi.

Platina.uz 2023 yilda kuzatilgan shunday “qovunlar” va trendga aylangan iboralarni jamladi.

Odinaxon Dehqonova,
Fazilat Soib tayyorladi.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid