Kinoshunos Joʻra Teshaboyev vafot etdi

Uning ilmiy ishlari kino sanʼati nazariyasi va tarixiga oid masalalarga bagʻishlangan. 

Jamiyat
3-dekabr 2023 yil
Kinoshunos Joʻra Teshaboyev vafot etdi

Fanlar akademiyasi Sanʼatshunoslik instituti professori, taniqli kinoshunos Joʻra Teshaboyev vafot etdi.

Bu haqda Respublika Kinoarboblar uyushmasi xabar berdi. 

Joʻra Teshaboyev Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan sanʼat arbobi (1989), Sanʼatshunoslik fanlari doktori, professor (1991). Kiyev universitetini tugatgan (1956).

U 1956—1958 yillar Andijon maorif boʻlimida ishladi, 1958— 60 yillar "Oʻzbekfilm"da muharrir, 1960 yildan Sanʼatshunoslik institutida avval aspirant, ilmiy xodim, 1987-yildan kino va televideniye boʻlimining boshligʻi, 1968 yildan  Sanʼat institutida faoliyat yuritgan. 

Ilmiy ishlari kino sanʼati nazariyasi va tarixiga oid masalalar, shuningdek, oʻzbek ekran sanʼati arboblari ijodiga bagʻishlangan.

© 2024 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+