platina.uz
Jamiyat

Yangi yil bayrami qorsiz oʻtadi

Bugun respublika hududiga sovuq va nam havo kirib kelmoqda.

Yangi yil bayrami qorsiz oʻtadi

"Oʻzgidromet" taqdim etgan maʼlumotga koʻra, Yangi yil bayrami kunlarida qor yogʻishi kutilmayapti.

Bugun 29 dekabr kuni respublika hududiga sovuq va nam havo kirib kelmoqda. Ertalab respublika boʻyicha baʼzi joylarda yomgʻir yogʻishi, togʻlarda yogʻingarchilik (yomgʻir, qor) boshlandi.

Kun davomida havo harorati asta-sekin pasayadi, kunning ikkinchi yarmida esa 0-5 daraja iliqqacha pasayadi. Yomgʻir yogʻishi davom etadi va respublika boʻyicha baʼzi joylarda yomgʻir qorga aylanadi.

Togʻli hududlarda baʼzi joylarda yogʻingarchilik kuchli boʻladi.

Respublika boʻyicha baʼzi joylarda shamol tezligi 17-22 m/s gacha kuchayishi kutilmoqda.

Ertaga 30 dekabr kuni Oʻzbekiston hududi boʻyicha nisbatan sovuq ob-havo boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi, faqat respublikaning togʻli hududlarida baʼzi joylarda biroz qor yogʻishi mumkin. Harorat kechasi 0-5 daraja sovuqqacha, shimolda 6-9 daraja sovuqqacha pasayadi, kunduzi 2-7 daraja iliq atrofida boʻladi.

31 dekabr va 1 yanvar kunlari respublikaning barcha hududlarida yogʻingarchiliksiz ob-havo boʻlishi kutilmoqda.

Bu yil ham, Oʻzbekiston aholisi Yangi yil bayramini qorsiz kutib oladilar.

Kechalari sovuq saqlanib turadi, kunduz kunlari esa havo harorati asta-sekin koʻtariladi va 1 yanvarga kelib 10-13 daraja iliqga yetadi.

Quruq ob-havo 2 yanvarda ham saqlanib turadi, lekin biroz sovuq havo kirib kelishi hisobiga kunduzgi harorat 6-9 daraja iliqqacha pasayadi.

Respublika boʻyicha baʼzi joylarga tuman tushishi kutilmoqda.

Poytaxtimizda: 29 dekabr kuni yomgʻir yogʻadi, qorga aylanadi. Shamol gʻarbdan 3-8 m/s tezlikda esadi, vaqti-vaqti bilan 12-15 m/s gacha kuchayadi. Kunning ikkinchi yarmida harorat 0-2 daraja iliqqacha pasayadi.

30-31 dekabr va 1-2 yanvar kunlari yogʻingarchilik kutilmaydi. Kechasi va ertalab tuman tushishi mumkin.

Harorat 30 dekabrda kechasi 1-3 daraja sovuq, kunduzi 4-6 daraja iliq, 31 dekabr va 1-2 yanvarda kechalari 3 daraja sovuq-2 daraja iliq boʻladi, 31 dekabr va 1 yanvarda kunduz kunlari 11-13 daraja iliqqacha asta-sekin koʻtariladi, 2 yanvarda 7-9 daraja iliq boʻladi.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid