Tashqi ishlar vaziriga oʻrinbosarlar tayinlandi

Bu haqda vazirlik matbuot xizmati xabar berdi.

Jamiyat
29-dekabr 2023 yil
Tashqi ishlar vaziriga oʻrinbosarlar tayinlandi

Tashqi ishlar vaziriga oʻrinbosarlar tayinlandi. Bu haqda vazirlik matbuot xizmati xabar berdi.

Vazir oʻrinbosari boʻlib ishlayotgan Bahromjon Aʼloyev vazirning birinchi oʻrinbosari etib tayinlandi. U 2022 yil noyabrdan tayinlangan edi.

Shuningdek, Muzaffarbek Madrahimov va Rahmatulla Nurimbetov Tashqi ishlar vaziri oʻrinbosarlari etib tayinlandi.

M.Madrahimov tayinlovga qadar Tashqi ishlar vazirligining Amerika, Yevropa mamlakatlari va Yevropa Ittifoqi institutlari bilan hamkorlik departamentiga, R.Nurimbetov esa MDH mamlakatlari bilan hamkorlik departamentiga rahbarlik qilgan.

© 2024 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+