Shaxmat bӯyicha chempionatning rapid yӯnalishidagi oʻyinlar yakunlandi
Oʻyinlar Samarqandda boʻlib oʻtmoqda.

Samarqandda ӯtayotgan rapid va blits yӯnalishi bӯyicha VI jahon chempionatida rapid yoʻnalishi boʻyicha barcha ӯyinlar yakuniga yetdi. Bu yӯnalishda, avval xabar qilganimizdek, norvegiyalik Magnus Karlsen 1-ӯrinni olib, chempion boʻldi. Sloveniyalik Vladimir Fedoseyev ikkinchi, xitoylik Yangyi Yu uchinchi oʻrinni egalladi.
Ayollar guruhida esa FIDE bayrogʻi ostida bahslarda ishtirok etgan (Rossiyaga qӯyilgan sanksiyalar bois bu davlat nomidan ishtirok eta olmaydi) Anastasiya Bodnaruk birinchi oʻrinni oldi va 2023 yilgi jahon chempioniga aylandi.
Hindistonlik Hempi Kaneru kumush, xitoylik Tingji Le bronza medaliga sazovor boʻldi.
Oʻzbekiston jamoasida esa Nodirbek Abdusattorov 9 ochko toʻplab, dunyo miqyosida eng nufuzli shaxmatchilarning TOP-10 taligidan joy oldi.
Oʻzbekiston shaxmatchi qizlari orasida Afroʻza Hamdamova eng yuqori natijani qayd etdi.
Shu tariqa Samarqand chempionatining rapid shaxmat bӯyicha musobaqalariga yakun yasaldi.
Chempionat turnirlari 29-30 dekabr kunlari blits yoʻnalishida davom etadi.