platina.uz
Jahon

Qozogʻiston "Tolibon"ga qoʻyilgan taqiqni bekor qiladi

Tashqi ishlar vazirligi vakili bu haqda maʼlumot berdi. 

Qozogʻiston "Tolibon"ga qoʻyilgan taqiqni bekor qiladi

Qozogʻiston hukumati "Tolibon"ni taqiqlangan tashkilotlar roʻyxatidan chiqarishga qaror qildi.

Bu haqda Tashqi ishlar vazirligi rasmiy vakili Aybek Smadiyarov "Kazinform" agentligiga bergan intervyusida maʼlum qildi.

Uning soʻzlariga koʻra, Qozogʻiston taqiqlangan terrorchi tashkilotlarning milliy roʻyxatini yangilash maqsadida muntazam ravishda audit oʻtkazadi.

“Ushbu jarayon doirasida BMT amaliyotiga koʻra "Tolibon"ni undan chiqarish toʻgʻrisida qaror qabul qilindi.Shunday qilib, BMT Xavfsizlik Kengashining majburiy boʻlgan rezolyutsiyalariga koʻra, "Tolibon" olingan terrorchi tashkilotlar roʻyxatiga kiritilmagan”, deb tushuntirdi u.

Eslatib oʻtamiz, 2021 yil 15 avgustda Kobulda hokimiyatni qoʻlga olgan harakat hukumatini hozircha bironta davlat rasman tan olganicha yoʻq.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid