platina.uz
Iqtisod

Parranda goʻshtiga nol stavka qoʻllaniladi

Isteʼmol bozorlarida asosiy turdagi oziq-ovqat mahsulotlari narxlarini barqaror ushlab turish boʻyicha prezident farmoni imzolandi.

Parranda goʻshtiga nol stavka qoʻllaniladi

2024 yil 1 yanvardan 2025 yil 1 yanvarga qadar quyidagi mahsulotlarni Oʻzbekiston hududiga olib kirishda bojxona bojining nol stavkasi qoʻllaniladi.

Prezident farmoniga koʻra:

  • 0105-tovar pozitsiyasida koʻrsatilgan yangi soʻyilgan, sovutilgan yoki muzlatilgan uy parrandasi goʻshti va qoʻshimcha ozuqabop mahsulotlar (TIF TN kodi 0207);
  • kimyoviy tarkibi oʻzgartirilmagan holda tozalangan yoki tozalanmagan kungaboqar, maxsar yoki paxta moyi va ularning fraksiyalari (TIF TN kodi 1512).

Shuningdek, prezidentning 2022 yil 31 maydagi farmoni 1-ilovasi va 2023 yil 23 martdagi farmoni ilovasida keltirilgan tovarlarga import bojxona bojining nol stavkasini qoʻllash muddati 2025 yil 1 yanvarga qadar uzaytirildi.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid