Yevropalik taniqli siyosatchi olamdan oʻtdi
Uni "yevroning otasi" va "zamonaviy Yevropa Ittifoqining meʼmori" deb atashardi.

Yevropa komissiyasining sobiq rahbari Jak Delor vafot edi. Bu haqda DW nashri xabar berdi.
Uning qizi Martin Obrining soʻzlariga koʻra, Delor Parijdagi uyida uyqusida vafot etgan. U 98 yoshi qarshi olgandi.
Gʻarb ommaviy axborot vositalari Delorni "yevroning otasi" va "zamonaviy Yevropa Ittifoqining meʼmori" deb atashardi. 1981 yildan 1984 yilgacha Delor Fransiya prezidenti Fransua Mitteran hukumatida moliya vaziri, 1985 yildan esa Yevropa komissiyasini boshqargan.
Delor Yevropa komissiyasini uch muddat - 1995 yilgacha boshqargan. Bu oʻn yillik Yevropa Ittifoqi davlatlarining ichki integratsiyasini mustahkamlash davri boʻldi. Jumladan, umumiy bozor makonini yaratish tugallandi, Shengen kelishuvlari tuzildi, Erasmus talabalar almashinuvi dasturi qabul qilindi, yagona Yevropa valyutasi – yevro tashkil yetildi.