Surxondaryoning bir qismi gaz taʼminotisiz qoldi
"Muzrabot-Dushanbe" magistral gaz quvurida avariya yuzaga keldi.

Avariya yuzaga kelgani sabab Surxondaryo viloyatining bir qismi gaz taʼminotisiz qoldi.
Viloyat navbatchilik shtabiga kelib tushgan xabarga koʻra bugun, 28 dekabr kuni Bandixon tumanining "Polvontosh" mahallasi hududidan oʻtuvchi "Muzrabot-Dushanbe" magistral gaz quvurining 101-190 km oraligʻidagi D-700 mm boʻlgan magistral gaz quvurida avariya holati yuzaga kelgan.
Hozirda "Hududgaz Surxondaryo" gaz taʼminoti filiali tomonidan avariya holatini bartaraf etish va tabiiy gaz taʼminotini tiklash choralari koʻrilmoqda. Shu munosabat bilan bugun soat 6:30 dan viloyatning quyidagi shahar va tumanlaridagi isteʼmolchilarga tabiiy gaz yetkazib berish vaqtincha toʻxtatildi:
● Termiz shahri;
● Bandixon tumani;
● Qiziriq tumani;
● Muzrabot tumani;
● Termiz tumani;
● Jarqoʻrgʻon tumani;
● Qumqoʻrgʻon tumani.
❕Taʼmirlash ishlari tugatilgandan soʻng tabiiy gaz taʼminoti qayta tiklanadi.