platina.uz
Jamiyat

Nega mandarin isteʼmol qilish kerak? Shifokor maslahati

Mandarinlar B guruhi vitaminlari, xususan, tiamin, riboflavin va niatsinga boy.

Nega mandarin isteʼmol qilish kerak? Shifokor maslahati

Mandarin nafaqat yangi yil dasturxonining ajralmas qismi, balki koʻp miqdorda S vitamini va boshqa foydali moddalar manbai hamdir. Bu haqda bolalar endokrinologi Darya Gubareva maʼlumot berdi.

Mutaxassisning soʻzlariga koʻra, 100 gramm mandarin tarkibida immunitet tizimining toʻgʻri ishlashi va kollagen sintezi uchun zarur boʻlgan S vitaminining sutkalik ehtiyojining yarmidan koʻpi mavjuddir.

Mandarinlar B guruhi vitaminlari, xususan, tiamin, riboflavin va niatsinga boy. Ushbu moddalar hujayralarning toʻgʻri ishlashi va rivojlanishiga yordam beradi. Ushbu sitrus mevalarida tabiiy antioksidant boʻlgan Ye vitamini va koʻrish va immunitet uchun yaxshi boʻlgan A vitamini ham mavjud. Mandarin tarkibidagi fosfor tish va suyaklarni mustahkamlaydi va inson organizmida energiya hosil boʻlish jarayonlarida ishtirok etadi.

Shu bilan birga, shifokor kuniga uch-beshta donadan koʻp boʻlmagan mandarin isteʼmol qilishni maslahat beradi, chunki bu meva juda koʻp miqdordagi shakarni oʻz ichiga oladi. Agar u koʻp miqdorda isteʼmol qilinsa, oshqozon-ichak tizimida noqulaylik hissi paydo boʻlishi mumkin.

Tavsiya etamiz

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid