Magnus Karlsen yana jahon chempioni boʻldi
Karlsen Samarqandda oʻtayotgan turnirda yana zafar quchdi.

Norvegiyalik grossmeyster Magnus Karlsen Samarqand shahrida boʻlib oʻtayotgan rapid (tezkor shaxmat) boʻyicha jahon chempionatida gʻolib bӯldi.
Oʻyinlar yakuniga kӯra, Magnus 10 ochko bilan turnir jadvalining chӯqqisidan ӯrin oldi.
33 yoshli norvegiyalik shaxmatchi oxirgi turda Hindiston vakili Rameshbobo Pragnanandha bilan ӯynab, durang natija kӯrsatdi.
Samarqanddagi chempionat Magnusga tezkor shaxmat boʻyicha beshinchi marta jahon chempioni tojini keltirdi. U 2014, 2015, 2019 va 2022 yillarda ham jahon chempioni boʻlgan.