platina.uz
Jahon

Kim Chen In urushga tayyorgarlik harakatlarini kuchaytirishni buyurdi

Janubiy Koreya razvedkasi Shimolning harakatlari fonida favqulodda rejimga oʻtgan.

Kim Chen In urushga tayyorgarlik harakatlarini kuchaytirishni buyurdi

Shimoliy Koreya yetakchisi Kim Chen In AQShning “misli koʻrilmagan hiylalari” tufayli mamlakat urushga tayyorgarlik koʻrish harakatlarini kuchaytirishi kerakligini aytdi. Bu haqda Koreya markaziy axborot agentligi xabar berdi.

Kim Chen In Koreya Mehnat partiyasi Markaziy qoʻmitasining IX plenumida soʻzga chiqib, “kurashning umumiy yoʻnalishi”ni belgilab berdi va 2024 yildagi “jangovar vazifalar” haqida gapirdi.

Oʻzining yakuniy nutqida u KXDR armiyasi va harbiy sanoati oldiga urushga tayyorgarlikni kuchaytirish boʻyicha maqsadlar qoʻydi, deyiladi xabarda.

Shuningdek, ushbu vazifalar “AQSh va uning ittifoqchilarining fitnalari tufayli keskinlashgan harbiy-siyosiy vaziyatni chuqur tahlil qilish asosida” qoʻyilgani aytilgan.

Oʻz navbatida Janubiy Koreya razvedkasi Shimolning harakatlari fonida favqulodda rejimga oʻtgan.

Avvalroq Shimoliy Koreya ballistik raketani sinovdan oʻtkazgani, bu Yaponiyani jiddiy tashvishga solgani xabar berilgandi.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid