platina.uz
Jamiyat

Bekobod tumaniga yangi hokim tayinlandi

Tumanning avvalgi hokimi Shuhrat Mirzayev qamoqqa olingandi. 

Bekobod tumaniga yangi hokim tayinlandi

Doʻsbekov Shuhrat Begimqulovich Xalq deputatlari Bekobod tumani Kengashining qarori bilan tuman hokimi etib tayinlandi.

Sh. Doʻsbekov 1980-yili Toshkent viloyati Piskent tumanida tugʻilgan. Maʼlumoti – oliy. 2008-yil Toshkent davlat agrar universitetini tamomlagan.

Shuhrat Doʻsbekov faoliyati davomida Toshkent viloyati qishloq xoʻjaligi boshqarmasi boshligʻi, Bekobod tumani hokmining qishloq va suv xoʻjaligi masalalari boʻyicha oʻrinbosari lavozimlarida ishlagan.

Tayinlovga qadar Oʻzbekiston fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer yegalari Toshkent viloyati Kengashi raisi lavozimida ishlab kelayotgan edi.

Eslatib oʻtamiz, tumanning avvalgi hokimi Shuhrat Mirzayev qamoqqa olingandi.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid