Bayram kuni metro bepul boʻladi
Bu haqda metropoliten maʼmuriyati xabar qildi.

Toshkent metrosi Yangi yil bayramida yoʻlovchilarga bepul xizmat koʻrsatadi. Bu haqda metropoliten maʼmuriyati xabar berdi.
"Bayram munosabati bilan metro yoʻlovchilariga qoʻshimcha qulaylik yaratish maqsadida, hukumat tashabbusi bilan 2023 yil 31 dekabr sanasida Toshkent metropolitenining toʻliq faoliyat koʻrsatishi vaqti davomida barcha yoʻlovchilarga bepul xizmat koʻrsatiladi" deyiladi xabarda.
Avvalroq metroning Yangi yil bayramida ishlash tartibi maʼlum boʻlgandi.