platina.uz
Jahon

Turkiya parlament komissiyasi Shvetsiyaning NATOga qoʻshilishini maʼqulladi

Endi hujjat ovoz berish uchun parlament Bosh Assambleyasiga yuborilishi kerak.

Turkiya parlament komissiyasi Shvetsiyaning NATOga qoʻshilishini maʼqulladi

Turkiya parlamenti tashqi ishlar komissiyasi Shvetsiyaning NATOga qoʻshilishi haqidagi ratifikatsiya protokolini maʼqulladi, deb xabar bermoqda TRT Haber. Endi hujjat ovoz berish uchun Turkiya parlamenti Bosh Assambleyasiga yuborilishi kerak.

Parlament komissiyasi rahbari, Turkiya sobiq vitse-prezidenti Fuat Oʻqtoy Shvetsiyaning terrorizmga qarshi kurashdagi saʼy-harakatlari yetarli emasligini va mamlakatning alyansga aʼzo boʻlish arizasi maʼqullangani haqida hozircha gapirish mumkin emasligini aytdi. Shunga qaramay, komissiya yigʻilishida mamlakatning alyansga qoʻshilishi haqidagi protokol koʻpchilik ovoz bilan maʼqullandi.

Turkiya parlamenti Bosh Assambleyasida ovoz berish sanasi hali belgilanmagan, uning yanvar va fevral oylari uchun yigʻilishlari taqvimi ham hali tuzilmagan.

Shvetsiya 2022 yilda Rossiya Ukrainaga bostirib kirgach NATOga aʼzo boʻlish uchun ariza bergandi. Alyansning barcha davlatlari (Turkiya va Vengriyadan tashqari) uning aʼzoligini ratifikatsiya qilishdi. Anqara Stokgolm oldiga mamlakatning alyansga qoʻshilishini ratifikatsiya qilishga tayyor boʻlgan shartlarni qoʻydi. Shvetsiya kurd faollari va turk muxolifatchilariga boshpana bergan, bundan tashqari iyun oyida Turkiya vakolatxonasi oldida Qurʼoni karimning yoqilishi vaziyatni keskinlashtirdi.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid