Natijalar qanoatlanarli emas: Samarqandda jahon chempionati davom etmoqda
Oʻzbekistonliklar orasida Nodirbek Yakubboyev nisbatan yaxshi koʻrsatkich qayd etdi.

Samarqand shahrida shaxmatning blits va rapid yoʻnalishlari boʻyicha VI jahon chempionati davom etyapti.
Unda 51 davlatdan kelgan 334 nafar shaxmatchi 12 ta medal uchun bellashmoqda. Chempionatning umumiy sovrin jamgʻarmasi 1 mln AQSh dollariga teng.
Taʼkidlash kerak, xalqaro chempionatda shaxmatning 2 ta yoʻnalishi - rapid va blits boʻyicha Xalqaro shaxmat federatsiyasi FIDE reytingida ochkolari 2550 (erkaklar) va 2250 (ayollar)dan past boʻlmagan shaxmatchilar qatnasha oladi.
Rapid bӯyicha musobaqalar 26-28 dekabr kunlari, blits bӯyicha esa 29-30 dekabr kunlari boʻlib oʻtadi.
Ayni paytda chempionatda yurtdoshlarimiz kӯrsatayotgan natijalar yomon emas, biroq qanoatlanarli ham emas.
Chempionat ӯyinlari boshlangan 26 dekabr kuni 33 shaxmatchi (20 nafar erkak va 13 nafar xotin-qiz) dan iborat Oʻzbekiston terma jamoasi nisbatan muvaffaqiyatli natija qayd etishdi.
Rapid yoʻnalishi boʻyicha erkaklar 5 ta, ayollar esa 4 ta tur bahslarini oʻtkazishdi.
Jumladan, erkaklar jamoasining 4 nafar vakili - Nodirbek Abdusattorov, Shamsiddin Voxidov, Jahongir Vahidov va Nodirbek Yakubbayev 5 ta tur ӯyinlarini muvaffaqiyatli yakunlashdi.
Erkaklar jamoasining 4 vakili - Javohir Sindarov, Ortiq Nigmatov, Humoyun Bekmuratov va Muhammadali Abdurahmonov umumiy hisobda durang natija kӯrsatishdi.
Ayollar jamoasining 3 vakili - Umida Omonova, Marjona Malikova va Zilola Aktamova ham 4 ta tur natijalariga koʻra muvafaqqiyatli ishtirok etishdi.
Afruza Hamdamova hamda Yulduz Hamraqulova umumiy hisobda durang natijalarni qayd etdi.
Xorijlik shaxmat ustalari kӯrsatayotgan ӯyinlar ham shaxmat darsliklari sahifalaridan ӯrin olishga haqli.
Jumladan, “Open” dasturida norvegiyalik Magnus Karlsen 5 imkoniyatdan 4,5 ochko toʻplab, hammadan oldinda ketyapti.
Hindistonlik Arjun Erigaysi, bolgariyalik Ivan Cheparinov hamda Xitoy fuqarosi Yu Yangyi ham 4,5 ochkodan jamgʻarishga muvaffaq bӯlishgan.
Yurtimizni tamsil etayotgan shaxmatchilarimizdagi eng yaxshi natija esa hozircha Nodirbek Yakubboyevga (3,5 ochko) tegishli.
Nodirbek Abdusattorov, Jahongir Vohidov hamda Shamsiddin Vohidov hisobida 3 ochkodan bor.
“Women” - ayollar dasturida esa Nurgul Salimova (Bolgariya) hamda Ju Jiner (Xitoy) 4 imkoniyatdan 4 ochko toʻplab, yetakchilik qilishmoqda . Yurtdoshlarimizdan Umida Omonova 3,5 ochko jamgʻarishga erishdi.
Eslatib ӯtamiz, 26 dekabr kuni boshlangan mazkur musobaqalar 30 dekabrgacha davom etadi.