Janubiy koreyalik taniqli aktyor oʻlik holda topildi
U “Oskar”ni qoʻlga kiritgan “Parazitlar” filmida rol ijro etgan.

Janubiy Koreya ijodkorlari ishlagan "Parazitlar" filmi aktyori giyohvand moddalarni isteʼmol qilishda ayblanganidan keyin oʻlik holda topildi.
Li Sun Gyun 48 yoshda edi. U filmda Kim oilasi istiqomat qilgan uy egasi janob Pak rolini ijro etgan.
Yonhap nashri xabariga koʻra, aktyorning jasadi Seul markazidagi parkda mashina ichidan topilgan, u uyida oʻz joniga qasd qilish toʻgʻrisida xat qoldirgan.
2019 yilda ishlangan “Parazitlar” filmi bir yil oʻtib “Oskar”ni qoʻlga kiritgandi.
Eslatib oʻtamiz, aktyorga giyohvand moddalar bilan bogʻliq muammolar tufayli Janubiy Koreyani tark etish taqiqlangan edi. Maʼlum boʻlishicha, Li Sun Gyun marixuana va boshqa psixotrop dorilarni isteʼmol qilish boʻyicha politsiya tomonidan tergovga tortilgan.
Li Sung Kyunning oʻzi "Doktor Breyn" serialidagi roli uchun Emmi mukofotiga nomzod boʻlgan, shuningdek, "Birinchi "Shahzoda" kafesi" serialida, "Pxaju" va boshqa filmlarda rol oʻynagan.