platina.uz
Iqtisod

6 ta hududda 6 stansiya ishga tushirildi

Shavkat Mirziiyoyev xorijiy hamkorlar bilan birgalikda ularni ishga tushirish va tarmoqqa ulashga start berdi.

6 ta hududda 6 stansiya ishga tushirildi

Shavkat Mirziyoyev 27 dekabr kuni oltita hududda 5 ta quyosh va 1 ta shamol elektr stansiyalarini ishga tushirish va tarmoqqa ulashga bagʻishlangan tantanali marosimda ishtirok etdi.

Birlashgan Arab Amirliklarining Masdar kompaniyasi Jizzax, Samarqand va Surxondaryo viloyatlarida umumiy quvvati 900 megavatt boʻlgan uchta zamonaviy fotoelektr stansiyasini barpo etish loyihasini yakunladi. Shuningdek, Navoiy viloyati Tomdi tumanida 500 megavattlik shamol elektr stansiyasining birinchi bosqichi qurib bitkazildi.

Bundan tashqari, Xitoyning China Gezhouba Group kompaniyasi Buxoro va Qashqadaryoda umumiy quvvati 1000 megavattlik quyosh stansiyalarining birinchi bosqichi qurilishini tugatdi.

Jami qiymati 2 milliard dollarlik ushbu stansiyalar toʻliq ishga tushsa, ikki millionta xonadon uzluksiz elektr energiyasi bilan taʼminlanadi, 2 milliard kub metr tabiiy gazni tejash hamda sanoat va xizmatlar sohasida 4 milliard dollarlik qoʻshilgan qiymat yaratish imkoniyati paydo boʻladi.

Marosimda davlat rahbari xorijiy hamkorlar bilan birgalikda yangi energetika quvvatlarini ishga tushirish va tarmoqqa ulashga start berdi.

Umuman, 2030 yilgacha “yashil” energetika manbalarini 27 gigavattga yetkazish rejalashtirilgan. Bu har yili 25 milliard kub metr tabiiy gazni iqtisod qilish, atmosferaga zararli tashlanmalarni 34 million tonnaga qisqartirishga xizmat qiladi.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid