Ukraina Rossiyaning yirik desant kemasini portlatib yubordi
Avvalroq Qora dengiz flotining flagmani “Moskva” kreyseri portlatilgandi.

Ukraina Harbiy-havo kuchlari qoʻmondoni Nikolay Oleschukning taʼkidlashicha, Rossiyaning yirik “Novorossiysk” desant kemasi Feodosiya portida portlatib yuborildi.
Oleschukning Telegram messenjeridagi qisqa postidan xulosa qilish mumkinki, zarba Ukraina aviatsiyasi tomonidan berilgan.
“Rossiyadagi flot kichrayib bormoqda. Bu safar Rossiya Qora dengiz flotining flagmani “Moskva” kreyseri ortidan “Novocherkassk” yirik desant kemasi yoʻq qilinmoqda. Harbiy havo kuchlari uchuvchilari va ishtirok etgan barchaga minnatdorchilik bildiraman”, deb yozadi general-leytenant Oleschuk.
Oleschuk Ukraina samolyoti frontning eng yaqin nuqtasidan taxminan 250 km uzoqlikda joylashgan Feodosiyani qanday turdagi raketa bilan urganiga aniqlik kiritmadi.
Feodosiya - Rossiya tomonidan egallab olingan Qrim yarim orolining janubi-sharqidagi shahar. Ukrainaning Sevastopolga bir qator hujumlaridan soʻng, Rossiya Qora dengiz flotining baʼzi kemalarini shu portga koʻchirildi.
Rossiya tomoni Qrim yarimorolidagi portlash xususida xabar bergan, ammo desant kemasi haqida izoh bermadi.
Kuni kecha Rossiya mudofaa vaziri Sergey Shoygu prezident Putinga Donetsk yaqinidagi Marinka shahri egallangani haqida axborot bergan.