Avtomototransport vositalarini sotish tartibi oʻzgardi
Bu boʻyicha Vazirlar Mahkamasi qarori eʼlon qilindi.
Avtomototransport vositalarini sotish qoidalariga oʻzgartirishlar kiritildi.
Oʻzbekistonda yangi avtomototransport vositalarini chakana sotish tartibini yanada takomillashtirish hamda isteʼmolchilarning huquq va manfaatlarini himoya qilish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qarori (2023 yil 25 dekabr kuni №683) eʼlon qilindi.
Chakana savdo qoidalari quyidagi mazmundagi 119—1 band bilan toʻldirildi:
"119—1. Sotuvchi oldi-sotdi shartnomasini tuzishda barcha isteʼmolchilarga teng imkoniyatlarni yaratadi.
Agar bozorda ustun mavqega ega sotuvchida oʻzi tomonidan ishlab chiqarilgan avtomototransport vositasini sotishda ichki bozordagi talabni qondirish imkoniyati mavjud boʻlmaganda, bir shaxs bilan 12 oy davomida avtomototransport uchun ikkitadan ortiq shartnoma tuzilganda, sotuvchi keyingi 12 oy mobaynida ushbu mahsulot uchun qayta shartnoma tuzishdan bosh tortish huquqiga ega".