Abdusattorov va Sindarovda gʻalaba, Magnus durang natija qayd etdi
Samarqandda shaxmat boʻyicha rapid va blits yoʻnalishlarida jahon chempionati boshlandi.

Samarqand shahrida shaxmat boʻyicha rapid va blits yoʻnalishlarida jahon chempionati boshlandi.
1-turda chempionat favoritlaridan biri Magnus Karlsen (Norvegiya, 2818) Nikita Petrov (Chernogoriya, 2509) bilan bellashuvda durang natijani qayd etdi. (durang 0,5 : 0,5)
Jahonning mashhur shaxmat ustalari ishtirok etayotgan ushbu sport musobaqalari ӯzbekistonlik qatnashchilar uchun omadli boshlandi. Jumladan, Nodirbek Abdusattorov (Oʻzbekiston, 2727) - Liam Vroliyk (Niderlandiya, 2498) partiyasi yurtdoshimiz gʻalabasi bilan (1:0) yakunlandi.
Muhiddin Madaminov (Oʻzbekiston, 2415) va Javohir Sindarov (Oʻzbekiston, 2625) ӯyini esa 0:1 natija bilan tugadi.
Tom O`Gorman (Irlandiya, 2262) va Nodirbek Yakubboyev (Oʻzbekiston, 2564) ӯyinida ham vatandoshimizning qӯli baland keldi (0:1).
Yana bir ӯzbekistonlik shaxmatchi Ortiq Nigʻmatov ( 2398) ham Aleksandr Rahmanov (FIDE, 2617) bilan ӯyinda gʻolib buldi (1:0)
Abdumalik Abdusalimov (2330) esa serbiyalik Aleksandr Predke (2586)ni magʻlubiyatga uchratdi.
Shuningdek, boshqa hamyurtlarimiz ham chempionat natijalari jadvalining oldi qatorlaridan ӯrin olishdi.
Ayni paytda 2-tur ӯyinlari davom etmoqda.