platina.uz
Jamiyat

Xotin-qizlar qoʻmitasi hukumatga oʻtkazildi

Oila va gender ilmiy-tadqiqot instituti tashkil etildi. 

Xotin-qizlar qoʻmitasi hukumatga oʻtkazildi

“Oila va xotin-qizlar qoʻmitasining faoliyatini takomillashtirishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi Prezident Farmoni (PF–208-son, 21.12.2023 y.) qabul qilindi. Farmonga koʻra, Oila va xotin-qizlar qoʻmitasining boʻysunuvi Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligidan Vazirlar Mahkamasiga oʻtkazildi.

Qoʻmita faoliyatini samarali tashkil etish maqsadida:

- Vazirlar Mahkamasida Bosh vazir oʻrinbosari – Oila va xotin-qizlar qoʻmitasi raisi lavozimi joriy etildi.

Shuningdek, Qoʻmita raisi bilan kelishilgan holda lavozimga tayinlanadigan va lavozimidan ozod etiladigan:

- Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi oʻrinbosari – Qoraqalpogʻiston Respublikasi Oila va xotin-qizlar qoʻmitasi raisi lavozimi;

- viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari oʻrinbosarlari – viloyatlar va Toshkent shahar oila va xotin-qizlar boshqarmalari boshliqlari lavozimi;

- tuman (shahar) hokimlarining oʻrinbosarlari – tuman (shahar) oila va xotin-qizlar boʻlimlari boshliqlari lavozimi kiritildi.

Oila va xotin-qizlar ilmiy-tadqiqot instituti negizida Oila va gender ilmiy-tadqiqot instituti tashkil etildi.

Eslatib oʻtamiz, Oila va xotin-qizlar qoʻmitasi 2022 yil mart oyida Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash vazirligi tarkibida tashkil etilgandi. 2022 yil dekabridagi islohotlar vaqtida qoʻmita Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi tarkibiga oʻtkazildi.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid