platina.uz
Jamiyat

Safranbolu qariyb 30 yillik yubileyni nishonlamoqda

Hudud Usmonlilar meʼmorchiligi, shahar hayoti va madaniyatini aks ettiradi. 

Safranbolu qariyb 30 yillik yubileyni nishonlamoqda

YuNESKO tomonidan Jahon merosi roʻyxatiga kiritilganining 29 yilligini nishonlagan Karabukning Safranbolu tumani oʻtgan yillar davomida millionlab sayyohni qabul qildi.

“Eng yaxshi himoyalangan 20 shahar” qatoridan joy olgan Safranbolu, YuNESKO tomonidan Jahon merosi roʻyxatiga kiritilgan kun, 1994 yil 17 dekabrdan buyon tarixiy koʻchalarida tashrif buyuruvchilarni oʻtmishga sayohat qilishga chorlab kelmoqda.

1976 yilda Turk hujjatli film ustasi marhum Suha Arin tomonidan suratga olingan “Safranboludagi vaqt” filmi omma eʼtiboriga tushishi ortidan, kelasi yil 14-Antaliya kinofestivalida “eng yaxshi qisqa metrajli film” mukofotini qoʻlga kiritgan tuman, oʻtgan vaqt davomida oʻzining madaniy holatini ijobiy saqlab, 1994 yil dekabr oyida YuNESKOning Butunjahon merosi roʻyxatiga kiritilgan.

Hugani uchun “Usmonli imperiyasining barmoq izi” deb atalgan Safranboluda, oʻsha davrdan qolgan karvonsaroy, hammom, koʻshk, favvora, masjid, koʻprik va oʻsha davrga oid koʻplab topilma asarlar mavjud.

70 gektar maydonda 1466 ta koʻchmas madaniy boyliklar

Safranbolu tumani hokimi Shaban Arda Yaziji AA muxbiriga, YuNESKOning dunyoda himoya qilinishi lozim deb topilgan va insoniyatning umumiy meros sifatida koʻrishi mumkin boʻlgan baʼzi tarixiy obidalar muhofazasi kuchli nazorat ostiga olinganini va roʻyxatga qoʻshilganiga 29 yil toʻlgani ortidan Safranboluda keng qamrovli ishlar amalga oshirilganini aytib oʻtdi.

“Joriy yilda 108 mamlakatdan 1 millionga yaqin mehmonni qabul qildik”

Tumanda bu yil 108 mamlakatdan kelgan ziyoratchilarni qabul qilganliklarini izohlagan Yaziji, “Ziyoratchilarning tarix isi anqib turgan koʻchalarni kezib, uylarda tunab qolishi mumkinligi va Safranboluning mazali taomlaridan bahramand boʻlishlarini koʻrish... Shuningdek, Musulmon davlatlaridan kelib, tarixiy masjidlarimizda namoz oʻqiyotgan sayyohlarimizni koʻrib, katta zavq va baxtni his etamiz” - deydi u.

Xorijlik sayyohlar sonining oʻtgan yilga nisbatan 250 foizga ortganini ifoda etgan Yaziji, mahalliy tashrifchilarni hisobga olgan holda, oʻtgan yilga nisbatan jami ziyoratchilar sonida 20 foiz ortish kuzatilganini qayd etdi.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid